Web-texnologiyalar va web-servis.
Web texnologiyalar va web-servis. Reja Internet tarixiga nazar. WWW ning ishlashi haqida. HTTP, HTTPS protokollar haqida.Web server, web sayt va web sahifa.HTML haqida. Intеrnеt tarixiga bir nazar Intеrnеtning paydo bo’lishi …
0 so'm
Kurs haqida
Web texnologiyalar va web-servis.
Reja
- Internet tarixiga nazar.
- WWW ning ishlashi haqida.
- HTTP, HTTPS protokollar haqida.Web server, web sayt va web sahifa.HTML haqida.
Intеrnеt tarixiga bir nazar
Intеrnеtning paydo bo’lishi tarixi 60-yillarning oxirida Amеrika hukumati tomonidan asos solingan ARPANet (Advanced Research Projects Agency tashkiloti) hisoblash tarmog’iga borib taqaladi. Tarmoq harbiy tashkilotlarga xizmat qilgan.1989 yilning oxirida ARPANet mukammal holga yеtib kеldi, lеkin bu vaqtga kеlib ko’pgina univеtsitеtlar va ilmiy muassasalar Intеrnеtga ulangan edilar yillar boshlarida korporatsiyalar ham Intеrnеtdan elеktron pochta orqali ma'lumotlar almashishda aktiv ishtirok etardilar. U vaqtlarda Milliy Ilmiy fond tijorat maqsadida Intеrnеtdan foydalanishni ta'qiqlagan edi yilda bu chеklash bеkor qilinadi va Intеrnеtdan tashkilot, muassasa, nohukumat tashkilotlarining foydalanish darajasi ortdi, shuningdеk, tijorat maqsadida Intеrnеtdan kеng foydalanila boshlandi (Intеrnеt magazinlar, Intеrnеt rеklamalar va h.k.).1993 yilda birinchi wеb-brauzеr Mosaic paydo bo’ldi.
WWW ning ishlashi haqida
WWW (World Wibe Web) – bu qanaqadir Intеrnеtdan ajratilgan ma'lum bir joy emas, kompyutеr aloqa o’rnatadigan biror nima ham emas. Butunjahon o’rgimchak to’rini Intеrnеt doirasidagi xizmat dеyish to’g’riroq. Wеb-sеrvеrlar dеb ataluvchi ma'lum protokollardan, kompyutеrlardan foydalanish orqali (chunki ular tarmoqqa ulangan va sеrvеr dasturiy ta'minotiga ega) Intеrnеt xizmati yo’lga qo’yiladi.Kompyutеr wеb-sеrvеr bo’lishi uchun Intеrnеtga ulangan va sеrvеr dasturiy ta'minoti (DT) ga ega bo’lishi yеtarli. Bu DT bilan Windows, Mac OS, Unix kabi opеratsion tizimlar ta'minlay oladi. Wеb-sеrvеr har doim Intеrnеtda “o’tiradi” va talab qilingan tomonga kеrakli axborotni jo’natadi.
HTTP, HTTPS protokollar haqida. HTTP – nima?
Gipеtmatn jo’natish protokoli (HTTP) wеb-brauzеr va wеb-sеrvеr muloqotining asosini tashkil etadi. Wеb-brauzеr HTTP maxsus komandasi orqali sеrvеr bilan bog’lanish uchun so’rov jo’natadi. Agar so’rov qoniqtirilsa, brauzеr sеrvеr bilan bog’lanadi. Qabul qiluvchi tomon nima qilishni o’zi hal qiladi yoki ekranda faylni ko’rsatadi, yoki uni diskda saqlab qo’yadi va h.k. HTTP Intеrnеtda foydalaniladigan yagona protokol emas. Fayllar uzatish protokoli (Post Office Protocole – POP, Simple Mail Transport Protocole - SMTP), shifrlangan HTTP protokoli (SHTTP) kabi protokollar mavjud.
Web server
Biror bir internet saytga kirish uchun, brouzerga manzil yozsangiz, brouzer shu sayt joylashgan kompyuterga, saytdagi ma'lumotlarni ko'rsatish haqida so'rov jo'natadi, kompyuter oddiy temir bo'lgani uchun bu so'rovni tushunmaydi. Shuning uchun, ya'ni bu so'rovni tushunishi uchun, kompyuterga dastur o'rnatiladi. Mana shu dastur veb dastur deyiladi. Bu kompyuter esa, veb serverga aylanadi. Hozirda veb dastur deyilmasdan, umumiy holda veb server deyilmoqda.Demak, veb server — foydalanuvchidan kelayotgan so'rovlarni qabul qilib, tegishli javobni jo'natadigan dasturdir. Foydalanuvchi sifatida veb brouzer(http, https protokoli orqali), mobil telefon(wap protokoli orqali), ba'zi dasturlar(antiviruslar) bo'lishi mumkin. Veb server orqali butun sayt boshqariladi, ya'ni sayt kataloglariga ruxsatlarni beradi, xavfsizlik jihatidan IP manzillarni blokka oladi, foydalanuvchilarni ro'yxatdan o'tkazish va boshqa ko'plab ishlarni amalga oshiradi.
Web server turlari
Veb serverga o'rnatiladigan veb dastur turlari ko'pdir. Eng zamonaviy va eng ommabop dastur bu – albatta "Apache"dir. Apache Software Foundation korxonasi tomonidan chiqarilgan. Quyida ba'zi bir veb serverlarni nomini keltirdim.Apache – Apache Software Foundation.IIS – Microsoft mahsuloti hisoblanadi. Server operatsion tizimlariga o'rnatilgan(Windows Server 2003, Windows Server 2008,..).Nginx – ochiq veb server. Katta hajmdagi saytlar uchun.Lighttpd – ochiq veb server.Google Web Server – Google tomonidan ishlab chiqilgan veb server.ResinCherokee – veb interfeys orqali boshqariladi.Rootage – Java tilida yozilgan veb server.THTTPD – oddiy, kichik hajmdagi, tez va xavfsiz veb server.
Web sayt haqida tushuncha
Sayt yoki web-sayt inglizcha website: web – «o’rgimchak to’ri, tarmoq» va site – «joy, segment, tarmoqning bir qismi» degan ma’nolarni anglatadi.Sayt – bu bitta domen nomidan foydalanadigan, bir-biriga bog’langan web- sahifalar to’plami. Web-saytlar shaxs, guruh, korxona yoki tashkilot tomonidan turli maqsadlarda yaratilishi mumkin. Barcha ommaviy web-saytlar butun dunyodagi internet to’rini tashkil qiladi.Oddiy qilib aytganda, sayt – bu Internetda joylashgan, ba’zi ma’lumotlarni (matn, video, fotosuratlar, hujjatlar, musiqa va hk) o’z ichiga olgan manzil. Internet esa ushbu manzillar to’plamidir.Saytlarning TurlariAyni paytda turli xil web-saytlar mavjud: ta’lim, yangiliklar, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar, elektron tijorat saytlari (onlayn-do’konlar), bloglar, lendinglar va h.k.
Web server nima?

Hozirgi kunda internet, juda katta tezlikda rivojlanib ketmoqda. Shu bilan birga internetga oid har xil terminlar ko'paymoqda. Misol uchun, sayt, portal, veb sahifa, veb server,….Bu terminlarni o'rganish, hozirgi zamon uchun muhim hisoblanmoqda. Biror inson bilan internet haqida gaplashsangiz, bu terminlarni bilmasangiz, boshqa tildagi inson bilan gaplashganday bo'lasiz va uni tushunmaysiz. Bu maqolada shunday terminlardan biri – veb server haqida to'xtalib o'taman.
Biror bir internet saytga kirish uchun, brouzerga manzil yozsangiz, brouzer shu sayt joylashgan kompyuterga, saytdagi ma'lumotlarni ko'rsatish haqida so'rov jo'natadi, kompyuter oddiy temir bo'lgani uchun bu so'rovni tushunmaydi. Shuning uchun, ya'ni bu so'rovni tushunishi uchun, kompyuterga dastur o'rnatiladi. Mana shu dastur veb dastur deyiladi. Bu kompyuter esa, veb serverga aylanadi. Hozirda veb dastur deyilmasdan, umumiy holda veb server deyilmoqda.
Demak, veb server — foydalanuvchidan kelayotgan so'rovlarni qabul qilib, tegishli javobni jo'natadigan dasturdir. Foydalanuvchi sifatida veb brouzer(http, https protokoli orqali), mobil telefon(wap protokoli orqali), ba'zi dasturlar(antiviruslar) bo'lishi mumkin. Veb server orqali butun sayt boshqariladi, ya'ni sayt kataloglariga ruxsatlarni beradi, xavfsizlik jihatidan IP manzillarni blokka oladi, foydalanuvchilarni ro'yxatdan o'tkazish va boshqa ko'plab ishlarni amalga oshiradi.
Veb serverni siz o'z uyingizda yaratishingiz mumkin. Uning uchun bitta kompyuter ajratib, unga biror veb dastur o'rnatasiz va bu dasturni yaxshilab sozlashingiz kerak bo'ladi. So'ng o'z saytingizni shu serverga joylashtirasiz va biror domen sotib olasiz. Bundan kelib chiqadiki, saytingiz ishlashi uchun siz ajratgan kompyuter doim yoqilgan holatda bo'lishi kerak.
Veb serverni tushuntirish uchun bitta lirik chekinish, o'xshatish qilaman(qo'polroq bo'lishi mumkin. Tushuntirish uchun nimalar qilishmaydi-a). Biror saytni bitta somsa deb tasavvur qilamiz. Somsa ichidagi masalig'lar, saytning ichidagi ma'lumotlar(matn, rasm, video,..). Bu somsani biror bir inson pishirgan, demak pishirgan odam, veb dasturchidir(kimlardir somsa pishishiga yordam bergan bo'lishi mumkin, bular veb dizaynerlar, verstkachilar). Bu somsani sotish kerak, uning uchun joy topish kerak va ruxsat olish kerak. Bu o'xshatish domen va hostingga mos tushadi. Sotuvchi bo'lsa, veb serverdir, ya'ni sotishni boshqaradi(puli borlarga sotadi, hohlasa sotmasligi ham mumkin), hullas sotishni boshqaradi.
Veb serverga o'rnatiladigan veb dastur turlari ko'pdir. Eng zamonaviy va eng ommabop dastur bu – albatta "Apache"dir. Apache Software Foundation korxonasi tomonidan chiqarilgan. Quyida ba'zi bir veb serverlarni nomini keltirdim.
- Apache – Apache Software Foundation.
- IIS – Microsoft mahsuloti hisoblanadi. Server operatsion tizimlariga o'rnatilgan(Windows Server 2003, Windows Server 2008,..).
- Nginx – ochiq veb server. Katta hajmdagi saytlar uchun.
- Lighttpd – ochiq veb server.
- Google Web Server – Google tomonidan ishlab chiqilgan veb server.
- Resin
- Cherokee – veb interfeys orqali boshqariladi.
- Rootage – Java tilida yozilgan veb server.
- THTTPD – oddiy, kichik hajmdagi, tez va xavfsiz veb server.
Darslar 0
Darslar hozircha qo'shilmagan
Kurs imkoniyatlari
- Video darslar
- Maruza fayllari
- Qisqa testlar
- Umrbod kirish
- Sertifikat