Raqamli va axborot texnologiyalari

Kompyuterning dasturiy ta'minoti.

Amaliy mashg`ulot №1 Mavzu: Kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minoti, Dasturlar va apparat ta’minoti orasidagi bog‘liqlik, interfeys tushunchasi, uning turlari Amaliy mashg`ulot rejasi: Kompyuterning dasturiy ta’minoti Operatsion tizimlar Amaliy dasturlar paketi Kompyuterning …

2 soat
Boshlang'ich
0 talaba
0 dars
D
Instruktor

Kurs haqida

Amaliy mashg`ulot №1

Mavzu: Kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minoti, Dasturlar va apparat ta’minoti orasidagi bog‘liqlik, interfeys tushunchasi, uning turlari

Amaliy mashg`ulot rejasi:

  1. Kompyuterning dasturiy ta’minoti
  2. Operatsion tizimlar
  3. Amaliy dasturlar paketi

Kompyuterning dasturiy ta’minoti

Shaxsiy kompyuterlar ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (soft­ware)lardir.

Apparat ta’minoti — bu, birinchi navbatda kompyuterlarning asosiy texnik qismlari va tasqi qo‘shimcha (atrof) qurilmalaridir.

Dasturiy ta’minot kompyuterlarning ikkinchi muhim qismi bo‘lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterlarni ishlatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuterlar bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.

Tizimli dasturiy ta'minot (Sistem software) — kompyuterning va kompyuter tarmoklarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir. Tizimli dasturlar ta'minoti deganda avvalo operatsion tizim tushuniladi. Operatsion tizim maxsus dastur, aniqrog’i dasturlar umumiy tizimda jamlashganbo’lib, u kompyuter qurilmalarining ishini boshqaradi, turli qurilmalarining boshqa dasturlar tomonidan ishlatilishini tashkillashtiradi, bir necha dasturlarning birgalikda ishlashini xotira qurilmalarida ma’lumotlarni saqlanishi, ularning xafvsizligi va butunligi ta’minlaydi.

Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage) — bu ani q bir predmet soxasi bo’yicha ma'lum bir masalalar sinfini yechishga muljallangan dasturlar majmuasidir. Kompyuterdan amaliy maqsadda foydalanishimkonini beruvchi, masalan matn tayyorlash, elektron jadvallar bilan ishlash, Ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish, biror fan bo’yicha o’rgatish va sinov ishlarini amalga oshiruvchi dasturlar, grafik va video axborotlarni qayta ishlash, internetdagi Web saydlarni ko’rish uchun mo’ljallangan brauzerlar va shunga o’xshash maqsadlarda ishlatiluvchi dasturlar amaliy dasturlardir. Kompyuterlar dasturiy ta’minotining aksariyat qismini amaliy dasturlar tashkil etadi.

Sistemali dasturiy ta’minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:

— kompyuterlarning va kompyuterlar tarmo ining ishonch­li va samarali ishlashini tahminlash;

— kompyuterlar va kompyuterlar tarmo i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.

Sistemaviy dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qism­dan — asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi (xiz­mat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuterlar bilan birgalikda etkazib berilsa, xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo‘shimcha tarzda olinishi mumkin.

Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) — bu, kompyuterlar ishini tahminlovchi dasturlarining minimal to‘plamidan iborat.

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chikish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bulib xizmat kiladi, ya'ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga muljallangan.

Avvalo ular orasidagi bo lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterlarning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bo lanish — bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bo lanish esa — dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bo lanish — apparatdasturiy interfeys deyiladi.

Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuterlar tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda to‘tish lozim. Inson  kompyuterlarning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o‘zaro muloqoti – foydalanuvchi interfeysi deyiladi.

Endi kompyuterlarning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin:

— sistemali dasturiy ta’minot;

— amaliy dasturiy ta’minot;

— dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.

Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) — kompyuterlarning va kompyuterlar tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.

Amaliy dasturiy ta’minot (Application program package) — bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini echishga mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir.

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan

OT asosiy vazifasi – foydalanuvchiga qulay interfeys yaratishdir. OT maxsus dastur va mikrodasturlardan iborat bo’lib, ular apparaturadan foydalanish imkonini ta’minlaydi.

Eng yaxshi Operatsion Sistemalar top ro'yxatiBu OT lar matnlar bilan, elektron jadvallar bilan, internetga murojatda va x.k.lar uchun foydalaniladi. Bunga misol Windows, Linux, Unix, Macintosh va x.k. OTlardir.

OT foydalanuvchidan (yoki tizim operatoridan) ma’lum tilda tuzilgan komanda yoki topshiriqlarni qabul qiladi ish va ularga ishlov beradi. Topshiriqlar operatorlar, matn ko’rsatmalari (direktivalar) yoki monipulyator (m-n sichqoncha yordamida) bajariladigan ko’rsatmalar yordamida beriladi. Bu komandalar, avvalambor, dasturlarni ishga tushirish (to’xtatish, to’xtatib turish) bilan bog’liqdir, fayllar ustidagi amallar (joriy katalogda fayllar ro’yxatini olish, u yoki bu faylni yaratish, nomini o’zgartirish, nusxasini olish, joyini o’zgartirish va x.k.) bilan bog’liqdir, umuman olganda boshqa komandalar ham mavjuddir;

  • ijro qilinishi kerak bo’lgan dasturlarni operativ xotiraga yuklash;
  • xotirani boshqarish, aksari barcha zamonaviy tizimlarda esa virtual xotirani tashkil etish;
  • barcha datsur va ma’lumotlarni identifikatsiya qilish;
  • dasturlarni ishga tushirish (unga boshqaruvni uzatish, natijada protsessor dasturni boshqaradi);
  • bajarilayapgan ilovalardan kelayapgan turli so’rovnomalarni qabul qilish va bajarish. OT juda ko’p sonli tizimli funktsiyalarni (servislarni) bajara olishi mumkin, ular bajarilayapgan ilovalardan so’ralishi mumkin. Bu servislarga murojaatlar ma’lum qoidalarga mos ravishda amalga oshirilishi mumkin, bu esa o’z navbatida bu OTning amaliy dasturlash interfeysini aniqlaydi (Application Program Interface, API);
  • barcha kiritish-chiqarish amallariga xizmat qiladi;
  • fayllarni boqsharish tizimlari (FBT) ishini va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) ishini ta’minlash, bu esa o’z navbatida butun dasturiy ta’minot samarasini keskin ravishda oshiradi;
  • multidasturlash rejimi, ta’minlash, ya’ni bitta yoki bir nechta dasturlarni bitta protsessorda parallel bajarilishni tashkil etish-bu esa ularni bir vaqtda bajarilishi tasavvurini hosil qiladi;
  • berilgan xizmat qilish distsiplinalari va strategiyalariga asosan masalalarni rejalashtirish va dispecherlashtirish;
  • bajarilayotgan dasturlar orasida ma’lumotlar va ma’lumotlar almashish mexanizmini tashkil etish;
  • tarmoq OT lari uchun, bog’langan kompyuterlar orasidagi muloqotni ta’minlash funktsiyasidir;
  • bitta dasturni boshqa dastur ta’siridan himoya qilish, ma’lumotlarni saqlanishini ta’minlash, operatsion tizimni o’zini kompyuterda bajarilayotgan ilovalardan himoyalash;
  • foydalanuvchilarni autentifikatsiya va mualliflashtirish(ko’pgina dialogli OT uchun). Autentifikatsiya – foydalanuvchi nomi va parolini qayd yozuvidagi qiymatga mosligini tekshirish. Agar foydalanuvchi kirish nomi (login) va uning paroli mos kelsa, demak u o’sha foydalanuvchidir. Avtorlashtirish (mualliflashtirish) degani, autentifikatsiyadan o’tgan foydalanuvchiga ma’lum huquq va imtiyozlar berilib, u kompyuterda nima qila olishi mumkin yoki nima qila olmasligini aniqlaydi;
  • real vaqt rejimida javob berish vaqti qat’iy chegaralirini qondiradi;
  • foydalanuvchilar o’z dasturlarini ishlab chiqishda foydalanadigan dasturlash tizimi ishini ta’minlash;
  • tizimni qisman ishdan chiqishi holatida xizmat ko’rsatish;

Microsoft kompaniyasi Windows 7 ning “o'limi” sanasini e'lon qildi » Всё  для WINDOWS2.Windows oynalar degan ma’noni anglatadi. Windows operatsion tizimi Microsoft firmasining dasturiy maxsuloti bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangandir.

Windowsni yaratishdan maqsad – kompyuterdan foydalanishni iloji boricha soddalashtirish, o’rganish uchun osonlashtirish, foydalanuvchiga mumkin qadar  keng imkoniyatlar  yaratishdir.

Dastavval bu OS ning bir necha versiyalari ishlab chiqarilgan. Uning birinchi versiyasi 1985 yil dunyoga kelgan.

Windows 3.1 versiyasi – operatsion qobiq sifatida, DOS muhitiga moslashtirilgan. O’sha davrda bu sistema  katta imkoniyatlarga ega bo’lib, foydalanuvchi va dasturchilarga qulayligi bilan taqdim etilgan.

Ularning keng miqdorda tarqalishi IBM PC kompyuterlarning, standarti bo’lib qoldi. Shuning uchun keyingi ishlab chiqariladigan barcha resurslar va dasturlar, aynan Windows muhitida ishlash uchun mo’ljallangan.

Windows operatsion tizimi o’zining qulay va namunaviy interfeysi bilan barcha foydalanuvchilarni lol qoldirib kelgan. Albatta ishlab chiqaradigan amaliy dasturlar Windows talablarini qondira olishi e’tirof etilgan.

Shunday qilib, bunday dasturlar  Windows muhitisiz biror bir amalni bajara olmagan. Shuning uchun ham ularni Windows dasturlari yoki Windows ostidagi dasturlar deb ataymiz. Windows qanday dunyoga kelgan. Yuqoridagilarni o’qib turib, MS DOS muhitidan voz kechish kerak degan ma’noni bermaydi. Chunki MS DOS muhitida ishlaydigan o’n minglab yuqori sifatli dasturlar mavjud. Ularning ko’pchiligi bejirim grafikaga va interfeysga ega. Shunday qilib MS DOS yaratuvchilari, amaliy dasturchilarni muloqotli interfeysni yaratish,maqsadida quruq kompyuter bilan qarshi qo’yishadi. Natijada ayrim bir dasturchilar mustaqil ravishda yangi muhit ustida tajribalar amalga oshrishardi, boshqalari esa tayyor dasturlar kutubxonasida o’zlarini band qilishdi.

Shu vaqtning o’zida Apple firmasining Macintosh kompyuterlari uchun ahvol o’zgacha edi. Uning operatsion tizimi o’zining namunaviy va grafik interfeysini o’zlashtirilishining soddaligi bilan ajralib turar edi.

Amaliy dasturlar esa-tashqi qurilmalar bilan bog’liqligi va muloqotli interfeysi bilan keng foydalana boshlandi.

Microsoft firmasi Apple firmasidan operatsion sistemasidan foydalanish uchun lisenziyani berishni bir necha marta so’radi, evaziga esa rad javobini olish bilan chegaralangan xolos. Bu operatsion sistema IBM PC tipli kompyuterlarda ishlatilishi kerak edi. Rad javobini olgan Microsoft firmasi o’zining Windows grafik operatsion sistemasini yaratish ustida ish olib bordi va natijada 1985 yil Windows muhitini yorug’likka chiqardi.

1987-1989 yillar oralig’ida  Microsoft firmasi tomonidan har tomonlama qulay bo’lgan Windows muhitida ishlaydigan bir qancha dasturlarni ishlab chiqdi. Bularga misol qilib: Microsoft Word, Exsel, Aldus Page Maker va h.k

1990 yilda ishlab chiqarilgan Windowsning 3.0 versiyasi IBM PC komponentlari uchun standart sifatida qo’llanila boshlandi.

1995 yil avgust oyida jahon bozorida Windowds 95 versiyasi paydo bo’ldi. U sensatsion o’zgartirishlarni amalga oshirdi. Millionlab DOS va Windows 3.1 operatsion qobig’I foydalanuvchilari orasida operatsion tizimlar revolyusiyasi sodir bo’ldi. Ular ishda oddiy, lekin yuqori quvvatli imkoniyat hamda grafikli interfeysga ega.

Sistema ishonchli va stabil hisoblandi. Operatsion sistemalar orasida revolyutsiya emas, evolyutsiyani boshdan kechirgan. Windows 98 versiyasi 1998 yilda paydo bo’ldi. Uning Windows 95 dan farqli tomoni o’rganilmagan yoki notanish bo’lgan imkoniyatlari foydalanuvchilarga juda maqul bo’lgan muammolarni tug’dirdi.

“Microsoft” korporatsiyasi 26-oktabr kuni o‘zining yangi “Windows 8” operatsion tizimini rasmiy ravishda namoyish qildi. Ushbu operatsion tizimni ishlab chiqish uchun bir necha yil ketdi. Kompaniya oxirgi marta 2009-yilda “Windows 7” operatsion tizimini chiqargan edi, undan keying yillarda esa “Windows 8” operatsion tizimi ishlab chiqarildi.

  Yangi operatsion tizim chakana savdoga ikki xil versiyada chiqariladi: “Windows 8” va “Windows 8 Pro”. Ularning bir-biridan farqi shuki, “Windows 8 Pro” versiyasi ko‘proq malakali foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.

 WINDOWS- operatsion tizim (OT) bo`lib, yukori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bezagi, o`z-o`zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari  mavjudligi bilan ajralib turadi. WINDOWS- grafik maxsulotning ko`rinishi, tovush va zamonaviy texnologiyalari bo`yicha yaratilgan multimedia ilovalarini qo`llash imkoniyatlarini  yaxshilaydi .

     Linux operatsion tizimi

                 

Linux operatsion tizimi 1991 yil Xеlsinkidagi univеrsitеtlardan birida taxsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning disеrtatsiya ishi natijasida, UNIX opеratsion tizimi asosida yangi opеratsion tizimi sifatida yuzaga kеldi. Avvaliga Torvalds yangi operatsion tizimni Freax (inglizcha "free", "freak" so’zlari hamda UNIX oilasiga mansubligini bildiruvchi "X" xarflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq kernel birinchi bor joylashtirilgan FTP serverning administratori hamda Tordaldsning do’sti Ari Lemka kernelga tegishli jildni linux deb nomladi. Shu-shu bu operatsion tizim ushbu nom bilan atala boshlandi.

Opеratsion tizim Intеrnеt tarmog’iga joylashtirishi natijasida tеz orada o’z foydalanuvchilari va muxlislariga ega bo’ldi va ko’pgina dasturchi (programmist)larni o’ziga jalb qilishi Linux opеratsion tizimining kеskin rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi.

Mandriva-Linux_2suse-linuxBugungi kunda dunyo miqyosidagi opеratsion tizimlar ichida o’ziga xos o’riniga egadir. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin tarqatiladigan ta’minotlardan biridir, ya’ni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini Intеrnеt tarmog’i orqali yoki bo’lmasa kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu opеratsion tizimning 2 ta ishlash uchun mo’ljallangan intеrfеyslari bo’lib, ular GUI (Graphic User Interface) - grafikali intеrfays hamda CLI (Command Line Interface) - konsol, ya’ni komandalar qatoridan iboratdir.

 

Linux OTining ishchi stoli ko’rinishi.

Linux — bu shaxsiy kompyuterlar va ishchi stansiyalar  uchun Unix — turkumli operatsion sistema. Bu tarmoqli darchali grafik sistemasiga ega bo’lgan X Window  System sistemasi bo’lib,  ko’p  qo’llaniladigan, yaxshi himoyalangan tarmoqli operatsion sistema hisoblanadi.

Linux ОT Internet tarmog’idagi ochiq sistemalar va protokollar standartlarini qo’llab-quvvatlaydi hamda Unix, Dos, MS Windows sistemalariga mos keladi. Sistemaning barcha komponentiari, dastlabki matnlar bilan birgalikda chegaralanmagan holda barcha foydalanuvchilarga ochiq nusxa olish va o’rnatish uchun litsenziya bilan birga tarqatiladi.

Linux ОT Internet PC Pentium Pro platformalarida keng tarqalgan va qator boshqa platformalarda ham joy egallamoqda (DEP AXP, Power Macintosh va h.k.).

Linux ОT Xelsinki universitetida Linus Torvalds (Linus Torvalds) tomonidan va Internet tarmog’idan foydalanuvchi minglab odamlar, tadqiqot markazlarining xodimlari, fondlar, universitetlar va h.k. lardan tashkil topgan hamda son-sanog’iga yetib bo’lmaydigan juda keng miqyosdagi jamoa tomonidan ishlab chiqilgan.

Foydalanuvchilarning ko’p qismi GNU/Linuxni o’rnatish uchun distributivlar bilan foydalanishadi. Distributiv – bu nafaqat programmalar to’plamidir, balki foydalanuvchilarning bir qator masalalarining yechimi, birlashtirilgan yakka sistemalar markaziy o’rnatgichi, boshqarish va yangilash paketlari, moslashtirishlar va texnik yordamlar majmuasidir. Dunyoda eng ko’p tarqalgan distributivlar:

juda yosh, lekin istiqbolli Ubuntu Linux.

MacOS operatsion tizimi

Mac OS (Macintosh operatsion tizimi) - Apple tomonidan ishlab chiqarilgan operatsion tizimlar guruhi shaxsiy kompyuterlar Macintosh.

Tizim birinchilardan bo'lib foydalanuvchiga tushunish qiyin bo'lgan buyruq qatori o'rniga intuitiv grafik interfeysni taqdim etdi.

Birinchi marta Mac OS birinchi Macintosh kompyuter bilan 1984 yilda taqdim etilgan. "Mac OS" atamasi faqat 90-yillarning o'rtalarida qo'llanila boshlandi

1984 yildan 2001 yilgacha Apple operatsion tizimlarini Tizim 1 oldin Mac OS 9... Ular klassik deb hisoblanadi. 2000 yilda chiqish bo'lib o'tdi Mac OS X, keyinchalik u o'zining alohida raqamlarini oldi.

Mac OS zamonaviy liniyasining birinchi tizimi 2001 yil mart oyida chiqarilgan. 2012 yilgacha oila "Mac OS X" deb nomlangan, keyin 2016 yilgacha yangilanishlarga soddalashtirilgan "OS X" nomi berilgan va so'nggi yillarda kompaniya klassik "macOS" ga qaytgan.

Mac OS X asosan Mac OS 9 ning vorisi bo'lgan, ammo klassik tizimlardan farqli o'laroq, u Unix-ga asoslangan edi. Tizim kompaniyaning ko'plab rivojlanishi uchun joy topdi Keyingi 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlarida.

Kompaniyani Jobs asos solgan va uning Apple-ga qaytish shartlaridan biri olma giganti tomonidan kichikroq NeXT-ni egallab olish edi.

OS X 10.0 Cheetah qayta ishlangan GUI-ni taqdim etadi Akva, yangi ilovalar mavjud TextEdit, Preview, Mail va QuickTime.

Tizimning ishlashi uchun o'sha vaqt uchun juda katta 128 MB tasodifiy kirish xotirasi va 800 Mb xotira.

Ko'pgina foydalanuvchilar tizimni Mac OS 9. operatsion tizimidagi periferik qurilmalar uchun drayverni qo'llab-quvvatlamasligi uchun tanqid qildilar. OS X 10.0 tizimning oldingi versiyalariga qaraganda talabchan va unchalik samarasiz ishlagan.

 

 

AMALIY DASTURLAR PAKETLARI

Amaliy dasturiy ta'minot foydalanuvchilarning aniq bir masalalarini ishlab chiqish va bajarish uchun mo`ljallangan. Amaliy dasturiy ta'minot opеratsion tizimlar boshqaruvi ostida ishlaydi. Amaliy dasturiy ta'minot tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • turli vazifalardagi amaliy dasturlar pakеti;
  • foydalanuvchi va axborot tizimlari umumiy ish dasturlari.

ADP odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va u bundan kеyingi aniq yo`nalishda rivojlanadi.

Amaliy dasturlar pakеti - bu muayyan sinf masalalarini hal etish uchun mo`ljallangan dasturlar majmuidir. Barcha amaliy dastur pakеtlarini uch guruhga ajratish mumkin: opеratsion tizimlar imkoniyatlarini kеngaytiruvchi pakеtlar, umumiy bеlgilanishdagi pakеtlar, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimida ishlashga mo`ljallangan pakеtlar. Amaliy dasturlar pakеti dasturiy ta'minlanishning eng dinamik rivojlangan qismidir : Amaliy dasturlar pakеti yordamida hal qilinayotgan masalalar doirasi doimo kеngaya boradi.

Hozirgi vaqtda o`z funktsional imkoniyatlari va amalga oshirish usullariga ko`ra farqlanuv amaliy dasturlar pakеtlarining kеng spеktori mavjud.

Amaliy dasturlar pakеtlarining quyidagi turlari farqlanadi:

  • umumiy vazifadagi (univеrsal);
  • uslubiy yo`naltirilgan;
  • muammoli yo`naltirilgan;
  • EHM global tarmoqlari;
  • hisoblash jarayonini tashkil etish (ma'muriylashtirish).

Amaliy dasturlar paketlari - bu masalalarning belgilangan sinfini yechish uchun hamkorlikdagi dasturlarning majmuasidir. Amaliy dasturlar paketlari hamisha ham dasturlashda va ham ushbu amaliy dasturlar paketlarini qo‘llash bilan yechiladigan masalalar kiruvchi sohadagi belgilangan malakadagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan.

Amaliy dasturlar paketlarini tashkil qiluvchi dasturlarni birga bo‘la olishligi ularda o‘zaro foydalanish imkoniyatini, boshqaruvchi ma’lumotlar va axborot massivlaridan foydalaniladigan tuzilmalarning umumiyligini bildiradi. Bundan tashqari amaliy dasturlar paketlariga mustaqil dasturiy mahsulot sifatida, amaliy alohida turi sifatida qarash kerak.

Ta’rifdan kelib chiqqan holda amaliy dasturlar paketlarining quyidagi umumiy xususiyatlarini ajratish mumkin.

- Paket bir necha dasturiy birliklardan iborat bo‘ladi.

- Paket masalalarning belgilangan sinfini yechish uchun mo‘ljallan-gan.

- O’z sinfi doirasida paket belgilangan universallikka ega, ya’ni ushbu sinfdagi barcha yoki deyarli barcha masalalarni yechishga imkon beradi.

Paketda ko‘zda tutilganlardan aniq imkoniyatlarni tanlab olishga imkon beruvchi boshqaruv vositalari ko‘zda tutilgan. Paket qo‘llanishning aniq shartlarini sozlashga yo‘l qo‘yadi.

Paket u yaratilgan tashkilot doirasida undan foydalanish imkoniyatlarini hisobga olish bilan ishlab chiqilgan va dasturiy mahsulotga umumiy talablarni qanoatlantiradi.

Hujjatlar va paketni qo‘llash usullari paket tomonidan yog‘iladigan masalalarga tegishli bilimlar sohasidagi malakaning belgilangan darajasiga ega foydalanuvchiga mo‘ljallangan.

Amaliy dasturlar paketlari masalalarining belgilangan sinfini yechish uchun mo‘ljallanganligi sababli, paketning vazifaviy belgilanishi haqida gapirish mumkin.

2. Amaliy dasturlar paketlarining tasnifi. Vazifaviy belgilanishga ko‘ra OT imkoniyatlarini kengaytiruvchi amaliy dasturlar paketlari ajratiladi, masalan, ko‘p foydalanuvchili tizimlarni ko‘rish, uzoqlashtirilgan abonentlar bilan ishlash, fayllarning maxsus tashkil qilinishini amalga oshirish, OT bilan ishlashni soddalashtirish va h.k uchun. EC OTda vaqtni taqsimlash rejimini amalga oshiruvchi CPB paketi, shaxsiy EHMda MS DOS operatsion tizimi bilan ishlashni yengillashtirish uchun Norton Commander paketi xuddi shunday paketlarga misol bo‘lib xizmat qiladi [16].

Foydalanuvchilarning amaliy masalalarini yechish uchun mo‘ljallangan paketlar orasida uslubiy-mo‘ljallangan va muammoviy-mo‘ljallangan paketlarni ajratish mumkin. Uslubiy mo‘ljallangan paket foydalanuvchining masalasini paketda ko‘zda tutilgan bir necha usullardan biri bilan yechishga mo‘ljallangan, buning ustiga usul yoki foydalanuvchi tomonidan belgilaniladi, yoki kiruvchi ma’lumotlarning tahlili asosida avtomatik tanlanadi. Bunday paketga - qavariqli dasturlashni yo jarima vazifalari usuli bilan yoki ehtimol blgan yo‘nalishlar usullarining variantlaridan biri bilan yechishga imkon beruvchi matematik dasturlash paketi misol bo‘ladi.

Muammoviy-mo‘ljallangan paketlar umumiy ma’lumotlardan foydalanuvchi masalalarning guruhlar (izchilliklari)ni yechish uchun mo‘ljallanganlar. Bu paketlarning eng ko‘p sonli guruhidir. Muammoli-mo‘ljallangan paket tomonidan bajariladigan operatsiyalarning umumiy xarakterida aks ettirilishi mumkin. Bunday paketlarga - matnli muharrirlar, jadvalli protsessorlar, to‘g‘ri chiziqli dasturlash paketi namunaviy misol bo‘la oladi.

Muammoli-mo‘ljallanish umumiy amaliy muammoda ham berilishi mumkin, uning yechimi alohida masalalarga bo‘linadi, ularning har birlari uchun paketda o‘z algoritmi ko‘zda tutilgan. Sohalararo balanslarni hisoblashini o‘tkazish uchun paket, loyihalashni avtomatlashtirishning har xil tizimlarida foydalaniladigan paketlar - namunaviy misollardir.

Keyingi yillarda keng belgilanishli paketlardan iborat bo‘lgan matnli muharrir, elektron jadvallar protsessori, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi, ma’lumotlar grafik aks ettirish (ishga doir grafika) paketi va uzoqlashtirilgan abonentlar bilan ma’lumotlarni almashtirish vositalarini birlashtiruvchi integratsiyalangan paketlar deb atalganlar keng tarqalgan, 2.1-rasmda paketlarning vazifaviy belgilanishlari bo‘yicha tasniflari varianti ko‘rsatilgan.

Dasturlash paketini belgilashda paket bir necha dasturiy birliklardan tashkil topadi deb ta’kidlanadi. Bunday dasturiy birliklarni odatda dasturiy modullar deb ataydilar. Paket belgilangan sinfdagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan. Masalalarning bu sinfini odatda paketning predmetli sohasi deb ataydilar. Hisoblash masalalarini yechish uchun amaliy dasturlar paketlariga nisbatan predmetli soha ma’lumotlarning ba’zi bir tarkibini, ya’ni kiruvchi, oraliq va chiquvchi ma’lumotlarni tashkil qilishni belgilaydi. Aytadilarki, paket o‘zining predmetli sohasiga mos keluvchi axborot bazasidan foydalanadi.

Foydalanuvchi tomonidan tanlab olingan aniq amallarni amalga oshirish uchun paket foydalanuvchidan boshqaruvchi axborotni qabul qilib olishi kerak. Bu boshqaruvchi axborot rasmiy tilda - paketning kirish tilida beriladi. Foydalanuvchining aniq vazifasini kirish tilida bayon qilinishi kirish tilidagi dastur (KTD) deb ataladi.

Paketda har bir masalaning yechimi tegishli algoritmni bajarishdan iborat bo‘ladi. Paketda ko‘zda tutilgan masalalar yechimini algoritmini amalga oshiruvchi paketning dasturiy modellarini ishlab chiquvchi modullar deb ataymiz. Ishlab chiquvchi modullar paketning axborot bazasini tashkil qiluvchi ma’lumotlarning o‘zgarishini bajaradilar.

Foydalanuvchining vazifasini ishlab chiquvchi modullar chaqiriqlarining izchilligiga o‘zgartirish uchun paketga boshqaruvchi modullar kiritilishi kerak.

Paketning foydalanuvchi bilan va paketning boshqaruvchi modullarining axborot bazasi va ishlab chiquvchi modullar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash uchun paket tarkibiga xizmat ko‘rsatuvchi modullar kiritiladi.

Shunday qilib, amaliy dasturlar paketlarini kirish tili, axborot bazasi, boshqaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiquvchi modullarning birlashuvi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Ishlab chiquvchi modullarning majmuasini ko‘pincha paketning vazifaviy to‘ldirilishi deb ataydilar. Boshqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi modullar paketning tizimli ismi yoki paketning tizimli to‘ldiruvchisi deb ataydilar.

Paket tarkibiy qismining o‘zaro hamkorligi 3.2-rasmda sxematik ravishda ko‘rsatilgan. Operatsion tizim vositalari tomonidan paketning bosh boshqaruvchi moduli (etakchi moduli) ishga tushiriladi. keyin kirish tili dasturlari (KTD) shaklida berilgan foydalanuvchining vazifasini qabul qilish va bu vazifani ishlab chiquvchi va xizmat ko‘rsatuvchi modullarini kerakli izchillikda chaqirish bilan bajarish tashkil qilinadi.

Amaliy dasturlar paketlarini qo‘llash usuli ostida masalani yechishda foydalanuvchining paket bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishni tushunamiz. Amaliy dasturlar paketlarini qo‘llash usulini tanlash ko‘pincha omillarga bog‘liq, OT va dasturlashning tanlangan tilining imkoniyatlari, ishlab chiqilayotgan ma’lumotlarning hajmlari, masalani yechishning davomiyligi, amaliy dasturlar paketlaridan foydalanishning tezligi (qaytarilish tezligi), paketdan foydalanuvchilar malakalarining xususiyatlari va masalalarni yechishning operativligiga talablar (hisoblash natijalarini kutishning yo‘l qo‘yiladigan vaqti) ulardan eng muhimlari bo‘ladilar.

Boshqaruv dasturi

Axborot bazasi

Xizmat ko’rsatish modullari

Qayta ishlash modullari

Amaliy dasturlar paketini tarkibi. Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan amaliy dasturlar paketlarini qo‘llash usullari g‘oyatda turli - tumandir,ammo paketning o‘zining qurilishi va foydalaniladigan EHM va OTlarining xususiyatlari bilan belgilaniladigan ba’zi bir namunaviy rejimlarni ajratish mumkin.

Amaliy dasturlar paketlarini qurilishi nuqtai nazaridan eng oddiy rejim paketning ayrim dasturlaridan foydalanuvchi tomonidan dasturlashning qandaydir tilida, masalan, SI da tuzilgan ba’zi bir bosh dasturning dasturchasi sifatida foydalanishdan iboratdir. Bu holda amaliy dasturlar paketlari faqat ishlab chiquvchi modullardan tashkil topadi va dasturlashda foydalanilgan til dasturlarining kutubxonasini kengaytirilishi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Amalga oshirilishning murakkabligi bo‘yicha keyingi rejim paketni aniq bajarilishi uchun barcha boshqaruvchi axborotlar paketni ishga tushirishda kirish tilida tugallangan dasturlar ko‘rinishida berilishini ko‘zda tutadi. Paketning bundan keyingi ishi foydalanuvchining ishtirokisiz o‘tadi. Bunday rejimni OTning tegishli rejimiga o‘xshatib, ko‘pincha paketli deb ataydilar. Paketli rejim ko‘pincha bir turli masalalarni kirish tilidagi bittagina dasturdan foydalanish bilan yechish talab qilingan vaqtda, har bir masalani yechishga sarflangan vaqt yetarlicha katta bo‘lganda, kirish tilidagi dastur murakkab va katta hajmga ega bo‘lganda qulaydir.

Shaxsiy EHMlarida qo‘llaniladigan ko‘pchilik amaliy dasturlar paketlari masalalarni yechishni berishida foydalanuvchi bilan dialogli o‘zaro hamkorlikka mo‘ljallangan.

Eng oddiy dialogli rejim (dialogli o‘zaro hamkorlikning varianti) foydalanuvchi paketni bajarilishini initsirovka qilishi, vazifani kirish tilidagi dastur shaklida kiritishi va bunda paketni bajarilishini boshqarilishini tugallashidan iboratdir. Amalda bu rejim paketlidan faqat KTDdagi xatolarni tuzatish, muvaffaqiyatsizlikda paketni qaytadan ishga tushirish imkoniyati bilan farqlanadi.

Dialogli rejimning, yana kuzatib borish rejimi deb atalgan murakkabroq varianti paketni bajarishning dinamik boshqarish imkoniyatini ko‘zda tutadi. Boshqaruvchi axborot foydalanuvchi tomonidan qismlar bo‘yicha kiritiladi va paket bilan ishlash jarayonida orali natijalarni tahlil qilish asosida shakllantiriladi. Bunday ish ko‘pgina xollarda, xususan matnlarni tahrir qilish dasturlaridan foydalanishda, elektron jadvallar bilan ishlashda, murakkab hisoblash masalalarini yechishda foydalanuvchi uchun tabiiydir.

 

Darslar 0

Darslar hozircha qo'shilmagan