Raqamli va axborot texnologiyalari

Axborot, uning turlari, xususiyatlari va o‘lchov birliklari.

2-mavzu: Axborot tushunchasi, turlari, xossalari, uzatilishi. Axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy ta’minoti. REJA: Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xossalari, uzatilishi. Axborot texnologiyalari haqida tushuncha. Axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy ta’minoti. …

2 soat
Boshlang'ich
0 talaba
0 dars
D
Instruktor

Kurs haqida

2-mavzu: Axborot tushunchasi, turlari, xossalari, uzatilishi. Axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy ta’minoti.

REJA:

  1. Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xossalari, uzatilishi.
  2. Axborot texnologiyalari haqida tushuncha.
  3. Axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy ta’minoti.
  4. Zamonaviy kompyuter tarixi, ishlash prinsiplari va arxitekturasi.

 

Tayanch soz va iboralar: axborot, texnologiya, ichki va tashqi omillar, interfeys, multimedia, ta’lim texnologiyasi, modellar, foydalanuvchi, windows. axborot, axboriy jarayon, axboriy inqilob, industrial, informatika, kibernetika, integratsiya

 

1. Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xossalari, uzatilishi.

Asrlar davomida insonning faoliyati tabiatdagi o‘simliklar, hayvonlar, quyosh energiyasi  kabi tayyor  mahsulotlarni o‘zlashtirish  bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan inson faqat tayyor mahsulotlarni olishni o‘rganibgina qolmasdan, tabiatga ta’sir qilishni ham  o‘rganib  oldi. Insonlar yerga  ishlov bera boshladilar, turli hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib, ko‘paytira boshladilar, zavod va fabrikalar, gidroelektrostansiyalar, temir yo‘llar va kosmik trassalar qura boshladilar. Buning natijasida bir paytlar o‘rmonlar va dengizlar bilan qoplangan  ona zaminimiz bo‘lgan yerda yangilanishlar paydo bo‘la boshladi. Insoniyotning tabiatni o‘zlashtirishdagi tajriba va bilimlarini  to‘plashi axborotni o‘zlashtirish bilan birgalikda kechadi. Ayni mana shu jarayon ionosferaning paydo bo‘lishiga olib keladi. Demak, ionosferaning paydo bo‘lishi axborotni o‘rganish bilan bog‘liq ekan. Inson yashaydigan dunyo turli  moddiy va nomoddiy obyektlar, shuningdek, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa ta’sirlaridan, ya’ni jarayonlardan tashkil topgan. Sezish a’zolari, turli asboblar va hokazolar yordamida qayd etilgan tashqi dunyo dalillari ma’lumotlar deb ataladi. Ma’lumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa – axborotga aylanadi.  

Insoniyot axborotlarni turli a’zolari orqali qabul qilib oladi. Masalan ko‘rish orqali – ko’z bilan, hid bilish – burun, ta’m bilish – og’iz-til, sezish orqali – nerv a’zolari va miya, eshitish orqali – quloq va boshqalar.

Axborot tushunchasi turli sohalarda turlicha tavsiflanadi. Texnika sohasining mutaxassislari uchun axborot – texnika va texnologiyalar, ularni ishlash tartiblari bo‘lsa, tibbiyot xodimlari uchun – bemorning kasallik tashhisi, dori-darmonlar va boshqa ma’lumotlar axborot hisoblanadi. Shu kabi boshqa soha vakillari o‘z sohalari bilan bog‘liq ma'lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar.

Axborot informatika fani uchun asosiy tushuncha sifatida qabul qilinganligi sababli, unga ta‘rif berilmaydi. Ammo axborot deganda biz nimani tushunishimizni aniqlab olishimiz kerak.

 Axborot deganda biz barcha sezgi organlarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksini yoki ta’sirini, bog‘liqlik darajasini tushunamiz.

Axborotlar yuqoridagi sifatlar bilan farqlanishidan tashqari, shakliga ko‘ra ikki: uzluksiz va uzlukli turlarga ajratiladi.

Ob-havo holati yoki vaqt uzluksiz axborotga misol boladi.

Ammo shunday jarayonlar ham borki, ular to‘g‘risida hamma vaqt ham axborot ola olmaymiz. Masalan, faqat soat va minutlami ko'rsatadigan soat yordamida sekundlami bilish mumkin emas. U uzuq shaklda faqat soat va minutlami ko‘rsatadi, xolos.

Axborot turlarini chizma ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:

                                 

Uzluksiz                                                  Uzlukli

Ixtiyoriy jarayonni to‘liq o‘rganishda, u to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlar hajmi, ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligi darajasi shunchalik murakkab bo‘ladiki, ularni biror vosita yordamisiz to‘liq qayta ishlash amalda mumkin emas.

Borliq ta’sirining inson ongida axborot ko‘rinishida aks etishini quyidagicha sxematik ko‘rinishda tasvirlash mumkin:

 

ko’rish

hid bilish

eshitish

ta’m bilish

tana orqali

qimmatli

ishonchli

to’liq

uzlukli

uzluksiz

Axborot tizimlar

Borliq

Inson onggi

 

 
   

 

 

 

 

 

Inson uchun axborotlarni to‘plashda uning barcha sezgi organlari xizmat qilsa, uzoq masofadagi axborotlarni to‘plash uchun esa bu yetarli emas — buning uchun maxsus texnik vositalar talab qilinadi.

Shuning uchun ham azaldan axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar - ularni to‘plash, qayta ishlash va uzatish amallarini bajarish uchun insonning turli vositalarga bolgan ehtiyoji ortib borgan va unga kora har xil uskunalar yaratib, hayotga tatbiq eta boshlagan.

Quyidagi rasmda kurrayi-zaminimizdagi turli hududlarda ob-havo ma’lumotini to‘plash va uzatish jarayoni aks ettirilgan:

         To‘plangan axborotlardan kerak bo‘lganda foydalanish uchun ularni saqlash kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.

Inson hayotga kelgan kunidan boshlab doimo ma’lumotlar bilan ish ko‘radi. Ularni o‘zining sezgi a’zolari orqali qabul qiladi. Kundalik turmushda  axborot deganda atrof muhitdan, inson sezgi va boshqa a’zolari orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday ma’lumotni tushunamiz. Ushbu ma’lumotlarni atrofni kuzata turib, boshqa insonlar bilan o‘zaro munosabatlarimiz orqali, radio, televideniya orqali olamiz.

Axborotni xarakterlovchi asosiy parametrlardan biri uning xossalaridir:

XX asrning 50–yillarida yangi fan–informatika faniga asos solindi. Informatika inson faoliyatining turli jabhalaridagi axborotlarni izlash, to‘plash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi fandir. Qisqa qilib aytganda informatika fani axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo‘llash usullarini o‘rganadigan fandir.

 Axborot (informasiya) sozi lotincha information sozidan olingan bolib, «tushuntirish», «tavsiflash» degan ma’noni anglatadi.

Axborot uchta muhim xususiyatlarga ega bolish lozim:

  1. Axborot o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to’liq ifodalashi lozim, ya’ni axborot to‘liqlik sifatiga ega bo‘lishi lozim.
  2. Axborot ma’lum  ma’noda qimmatli bolishi lozim.
  3. Axborot ishonchli bolishi lozim, aks holda uni qayta ishlashga zarurat bolmaydi.

Demak, shu uchta xususiyatga ega bo‘lgan axborotlargina kundalik hayotimizda, kasbi-korimizda foydalanishimiz uchun zarur hisoblanar ekan.

Ixtiyoriy jarayonni to‘liq o‘rganishda, uning to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlar hajmi, ma’lumotlarni o‘zaro bog‘liqlik darajasi shunchalik murakkab bo‘ladiki, ularni biror vosita yordamisiz to‘liq qayta ishlash amalda mumkin emas. Inson uchun axborotlarni to‘plashda uning barcha sezgi organlari xizmat qilsa, uzoq masofadagi axborotlarni to‘plash uchun esa bu yetarli emas. Buning uchun maxsus texnik vositalar talab qilinadi. Shuning uchun ham axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar–ularni to‘plash, qayta ishlash va uzatish amallarini bajarish uchun insonning turli vositalarga bo‘lgan ehtiyoji ortib borgan va unga ko‘ra har xil uskunalar yaratib, hayotga tatbiq eta boshlagan.

Kerakli axborotlardan kerak bo‘lganda foydalanish uchun ularni saqlash kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus qaxraboli vositalarida saqlanadi, ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.

Axborot tashuvchi bazi vositalar

Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatadi. Bunda asosiy o‘rinni texnika vositalar–kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi. Ular yordamida ishni  tashkil etish  orqali axborot almashinuvini tezlatishdan  tashqari kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda axborotni yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha sifatlarini saqlashga erishiladi.

Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan jarayon axborot texnologiyasi deb ataladi.

Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash-tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari-telefon, telefaks, modem va boshqalar qo‘llaniladi.

Informatika – informasiya (xabar, axborot, ma’lumotlar)ni  jamlash va qayta ishlashning qonunlari xamda metodlarini o‘rganadi.

Informatika 60–yillarda Fransiyada elektron xisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keladi.

Informatika atamasi lotincha informatio so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi.

Fransuzcha INFORMATIQUE (informatika) so‘zi axborot avtomatikasi yoki axborotni qayta ishlash ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga computer science kompyuter texnikasi haqidagi fan sinonimiga mos keladi.

O‘zbekiston Respublikasi informatika va hisoblash texnikasi yo‘nalishida jahon darajasidagi ilmiy maktablar yaratgani, ularda tadqiqotlar muvaffaqiyatli olib borayotgani bilan shartli ravishda faxrlana oladi. Informatikaning inson faoliyatining mustaqil soha sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog‘liq. Unda asosiy xizmat mikroprosessor texnikasiga to‘g‘ri keladi, uning paydo bo‘lishi 70-yillar o’rtalarida ikkinchi elektron inqilobni boshlab berdi. Shu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining negizini integral chizma va mikroprosessorlar tashkil etdi.

Informatika atamasi nafaqat kompyuter texikasi yutuqlarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni uzatish va qayta ishlash jarayonlari bilan bog‘lanadi. Informatika axborotlarni qayta ishlash ularni qo‘llash va ijtimoiy amaliyotning turli sohalarga ta’sirini, EHM tizimlariga asoslangan holda ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash izlanishning turli jihatlarini o‘rganuvchi kompleks ilmiy  va injenerlik fani sohasidir.

Informatika – bu jihatdan axborot modellarini qurishning metodologik  tamoyillarini ilmiy ishlab chiqishga yo‘naltirgan. Shu bois axborot uslublari obyekt, hodisa, jarayon va hokazolarni axborot modellari yordamida bayon etish imkoniyatlariga egadir. Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublari ko‘p qirrali bo‘lib, uning ko‘plab tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib quyidagi talqinni tavsiya etamiz:

Informatika – bu kompyuter yordamida  va ularni qo‘llash muhiti vositasida axborotni yangilash jarayonlari bilan bog‘liq inson faoliyati sohasidir.

Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar va telekommunikasiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan  bog‘liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o‘zida namoyon etishi mumkin.

Informatikani tor ma’noda o‘zaro aloqador 3 qism texnik vositalar, dasturiy  vositalar, algoritmli vositalar sifatida tasavvur etish mumkin. O‘z navbatida informatikani ham umuman qismlari bo‘yicha turli jihatlardan: xalq xo‘jaligi tarmog‘i, fundamental fan,  amaliy fan sohasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.

Informatika ishlab chiqarish tarmog‘i sifatidagi o‘ziga  xosligi va ahamiyati shundaki, xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari mehnat samaradorligi ko‘p jihatdan unga bog‘liqdir.  Bundan tashqari bu tarmoqlar me’yorida rivojlanishi uchun informatikaning o‘zida mehnat samaradorligini ancha yuqori sur’atlarida o‘sib borishi lozim, chunki hozirgi davrda jamiyatda axbort ko‘proq so‘nggi iste’mol predmeti sifatida namoyon bo‘lmoqda: odamlarga dunyoda ro‘y berayotgan voqyealar,  ularning kasbiy faoliyatlariga doir predmet va hodisalar, fan va jamiyatning rivojlanishi  haqida axborot zarur.

Mehnat samaradorligining bundan keyingi o‘sishi va faravonlik darajasini ko‘tarish, katta hajmdagi multimedia axborotini (matn, grafika, video tasvir, tovush, animatsiya) qabul qilish ishlashga yangi intellektual vositalar va inson mashina interfeyslardan foydalanish asosidagina erishish mumkin. Informatikada mexnat unumdorligini oshirish suratlari yetarli bo‘lmasa, butun halq xo‘jaligida samaradorligini o‘sishi anchagina kamayishi ro‘y berishi mumkin.

Informatika fundamental fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan obyektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Informatikada fundamental tadqiqotlar maqsadi istalgan axborot tizimlari haqida  umumlashtirilgan axborotni olish, ularning qurilishi va ishlashining umumiy qonuniyatlarini aniqlashdir. Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shug‘ullanadi:   

  1. Inson faoliyatining turli sohalarida kommunikasion axborot modellarini yaratish;
  2. Aniq bir sohalarda  axborot  tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish, ularning hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqarishda  ishlashni va hakozolarni loyihalash ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar tayyorlash.

Informatikaning bosh vazifasi axborotni yangilash uslub va vositalarini ishlab chiqish va axborotni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini tashkil etish ulardan foydalanishni ishlab chiqishdir.

Inson qabul qiladigan va uzatadigan axborotning shakllari:

  • Matnli, grafikli, turli sxemalar, rasmlar va maketlar ko‘rinishida;
  • Tovushli, to‘lqinli, asab impulslari ko‘rinishida;
  • Yorug‘lik nurlari, elektr nurlari ko‘rinishida;
  • Turli hidlar, taamlar ko‘rinishida;
  • Turli belgilar ko‘rinishida;
  • Imo-ishoralar va ta’sirlar ko‘rinishlarida;
  • Qarorlar, fikrlar va bayonlar ko‘rinishilarida.

Axborotlar bilan bajariladigan amallar:

  • Kodlashtirish va qayta kodlashtirish;
  • Ko‘chirish, nusxalash;
  • O‘chirish, tiklash, qo‘shimchalar kiritish, qayta ishlash;
  • Arxivlash va arxivdan chiqish;
  • Imlo-xatolarni to‘g‘rilash;
  • Uzatish va qabul qilish;
  • Xotiraga saqlash;

Axborotning miqdori. Axborotning miqdori uning olchov birliklari.

Bit (binary digit – 1 ta ikkilik razryad (0 yoki 1);

Bayt (1 bayt – 8 bit)

Kilobayt (1 Kbayt – 1024 bayt q 8*1024 bit)

Megobayt (1 Mbayt – 1024 Kbayt q 102 bayt q 8*102 bit)

Gigobayt (1 Gbayt – 1024 Mbayt q 102 Kbayt q 103 bayt q 8*103 bit)

Terobayt (1 Tbayt –1024 Gbaytq102 Mbaytq103 Kbaytq104 baytq8*105 bit)

Petobayt (1 Pbayt – 1024 Tbayt q 102 Gbayt q 103 Mbayt q 104 Kbayt)

Nonobayt (1Nbayt–1024 Pbaytq102 Tbaytq103Gbaytq104 Mbaytq105 Kbaytq106 baytq8*106 bit)

Axborotni uzatish tezligi

Kerakli axborotdan samarali foydalanish uchun uni uzoq masofaga uzatish zarurati tug‘iladi. Axborotni kompyuter yordamida uzatish uchun sarflanadigan vaqt uning hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Axborotning vaqt birligi ichida uzatilgan miqdori axborotni uzatish tezligi deb ataladi. Axborot uza­tish tezligining birligi sifatida bod kiritilgan:

1 bod q 1 bayt/1 sekund.

Masalan, 120 megabayt axborot 8 minutda uzatilgan bo‘lsin. U holda axborot uzatish tezligini quyidagicha hisoblash mumkin:

120 Mbt/8 min q 122880 Kbt/8 min q 15360 Kbt/min q

q15728640 bayt/min q 262144 bayt/s q 262144 bod

Hozirgi kunda axborot uzatish tezligining birliklari sifatida quyidagilar ishlatiladi: Kilobayt/sekund, Kilobit/sekund.

Iste’molchi nuqtai nazaridan, axborot – bu eng oxiridagi foydalanuvchi tomonidan olingan tushunchalar va foydali deb baholangan yangi ma’lumotlar.

Axborot uchun quyidagilar muhim sanaladi:

  •  axborot – bu har qanday ma’lumot emas, balki u mavjud noaniqliklarni kamaytiruvchi yangi bir ma’lumotdir;
  •  axborot uni yaratuvchidan tashqarida mavjud bo‘ladi, u o‘z yaratuvchisidan uzoqlashgan, inson tafakkurida aks etgan bilimdir.
  •  axborot xabarga aylandi, chunki u belgilar ko‘rinishida ma’lum bir tilda ifodalanadi;
  •  xabar moddiy tashuvchiga yozib qo‘yilishi mumkin (xabar axborotni uzatish shaklidir);
  •  xabar uning muallifi ishtirokisiz aks ettirilishi mumkin;

 u jamoat kommunikatsiyasi kanallari orqali uzatiladi.

2. Axborot texnologiyalari haqida tushuncha

Axborot texnologiyalari - axborotlar, ularning xossalari, axborot tizimlari va vazifalari, axborotlarni qayta ishlash, axborotlarning amaliy ahamiyati va boshqa xususiyatlari o‘rgatiladi. Axborot texnologiyalari matematika, fizika, informatika va boshqa qator fanlar bilan bevosita bog‘liq.

«Axborot texnologiyalari» iborasidagi «texnologiya» so‘zi lotincha «technos» — san’at, hunar, soha va «logos» — fan degan ma’noni bildiradi. Ya’ni texnologiya — biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari ko‘rinishini bildiradi.

Axborot texnologiyalari axborotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir.

Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:

Ichki omillar — bu axborotlarning paydo bo‘lishi (yaratilishi), turlari. xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.

Tashqi omillar — bu axborot texnologiyasining texnika-uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.

Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika, qit’a)da yashovchi o‘rtog‘ingiz bilan fikr almashmoqchisiz, deylik. Buni turli yo‘llar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz o‘rtog‘ingizga o‘z fikringizni (o‘z navbatida, o‘rtog‘ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin:

  • aloqa bo‘limi orqali (yozma ravishda);
  • telefon tarmoqlari orqali (og‘zaki);
  • zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.

Hayotiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo‘ladi va natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o‘zingiz belgilab olasiz.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, biror yumushni bajarishdan oldin uni amalga oshirish uchun ketadigan mablag‘larni chamalab ko‘rishingiz lozim, aks holda uni amalga oshira olmasligingiz mumkin. Albatta, yuqorida ko‘rsatilgan usullardan foydalanish uzatilayotgan axborot mazmuni va mohiyatiga bog‘liq.

Pirovardida, o‘zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon (hech bo’lmaganda arzonrog‘i) va sifati yuqori bo‘lgan usulni belgilab olasiz.

Axborotni uzatish usullariga kelsak, 1- va 2-bandda ko‘rsatilgan usullar bilan yoshligingizdayoq tanishib olgansiz va undan foydalanishni yaxshi bilasiz. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish esa ular bilan muloqot ko‘nikma va malakalariga bog‘liq. Shuning uchun, dastlab zamonaviy telekommunikasiya vositalarining o‘zi nimaligini bilib olishingiz kerak.

Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib, unga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanidan ma’lum bo‘lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi.

XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, ya’ni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikasiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish qiyin.

Hozirgi kunda har bir tashkilot, o‘quv muassasasi, firma va ishlab chiqarishning barcha sohalarida rahbar va xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma’lum darajada avtomatlashtirishga oid muammolarni yechish bilan shug‘ullanadi. Bunda ular maxsus firmalarning mutaxassislari bilan uchrashadi, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadi, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko‘radi va pirovardida o‘zida avtomatlashtirish uchun kerak bo‘ladigan texnik jihozlarni xarid qiladi. Albatta, tashkilotlarga o‘rnatilgan avtomatlashtirish jihozlari yildan-yilga yangilanib, texnik jihatdan takomillashtirib boriladi.

XX asrning so’nggi o‘n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida jamiyatning har bir a’zosidan axborotlashtirish va axborot texnologiyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi.

Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, axborotlashtirish va axborot texnolgiyadaridan foydalanish yo‘nalishida katta tadbirlar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda bu dasturning tub mohiyati bayon etilgan. Shuningdek, so‘nggi 5 – 6 yil ichida bu sohada qabul qilingan qator hujjatlar axborotlashgan jamiyatni qurish eng oliy insoniy orzu-niyatga aylanganligidan dalolat beradi.

«Axborot texnologiyasi» fani axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va shu jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha texnik vositalarni ishlatishni o‘rgatuvchi fan.

Kundalik turmushda turli ko‘rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash (yig‘ish, saqlash va h.k.) uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo‘lgan axborot qurilmalari kerak bo‘ladi.

Mikroelektronika ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va o‘ta kuchli prosessorli kompyuterlarning yaratilishi axborotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Interfeys kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiruvchi qurilma bo’lib, uning asosiy vazifasi tashqi qurilmalardan kiritiladigan ma’lumot (signal)larni kompyuterda qayta ishlash uchun qulay holga keltirishdan iborat.

3. Axborot texnologiyalari ta’minoti va turlari.

Hozirgi kunda ta’lim sohasida o‘qitishni avtomatlashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Chunki zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O‘qitishni avtomatlashtirish (axborotlashtirish) yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga quyidagilarni kiritish mumkin:

a) ta’lim tizimining barcha pog‘onalarida axborotlashtirishning yetakchi bog‘inligini ta’minlash;

b) barcha sohalar bo‘yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni loyihalash va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;

v) axborotlashtirish sohalarida me’yoriy bazalarni yaratish (koordinatsiyalar, metodlar, ilmiy-metodik birlashmalar va h.k.);

g) texnik ta’minotni — kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari (fotoapparatdan mikroskopgacha), ularga xizmat ko‘rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;

d) telekommunikatsiya (havo orqali, yerning sun’iy yo‘ldoshlari va boshqa aloqa kanallari) tarmoqlari;

e) ta’minot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi axborotlar majmui, ma’lumotnomalar va h.k.)

Axborot texnologiyasidan foydalanish va uni biror-bir sohaga tatbiq etish o‘z ichiga qator vazifalarni oladi. Quyida axborotlashgan faoliyat obyektlari haqida gap yuritamiz.

Bunday obyektlarga sonlar (o‘lchash va modellashtirish natijalari), matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinami ifodalari, rasmlar, chizmalar va annimatsiyalar, ovozli obrazlar (yozilgan ovoz, musiqa va boshqalar) kiradi.

Foydalanuvchining mustaqil va ongli ravishda olib boradi gan faoliyatiga axborot obyektlarini yaratish, kerakli axborot obyektlarini izlash, axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ajratib olish, tashkillashtirish, kerakli ko‘rinishda tasvirlash axborot obyektlarini (matn, suhbat, rasm, o‘yin va boshqa ko‘rinishda) uzatish, modellashtirish, loyihalash, obyektlarni rejalashtirish va boshqalar kiradi.

Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarga ongli va rejali amalga oshirishda o‘zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • kompyuter,  shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti;
  • uskunaviy dasturiy ta’minot;
  • virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik xaritalar, ekran prosessorlari va h.k.;
  • axborotlar majmui – ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va h.k.;
  • texnik ko’nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o’zlashtirish va h.k.)

 

Darslar 0

Darslar hozircha qo'shilmagan